1-sentabrdan avtomobilga gaz quyishda nimalarga e’tibor berish kerak?
2026-yil 1-sentabrdan yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatida xavfsizlik va raqamli nazoratga oid yangi talablar kuchga kiradi. Bu o‘zgarishlar, avvalo, avtomobil egalarining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, gaz quyish jarayonini shaffoflashtirish hamda texnik jihatdan xavfli transport vositalariga yoqilg‘i quyilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-son qarori bilan belgilangan. Qarorda yoqilg‘i quyish shoxobchalari va gaz to‘ldirish inshootlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi minimal talablar hamda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida “U-Gaz” avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish tartibi belgilangan.
Eng muhim o‘zgarish: gaz quyish jarayoni raqamli nazorat qilinadi
“U-Gaz” apparat-dasturiy majmuasi orqali avtomobillarga siqilgan gaz sotilishi real vaqt rejimida nazorat qilinadi. Tizim gaz tarqatish ustunlari — dispenserlardan ma’lumot oladi.
Bu, avvalo, halollik va shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi. Haydovchi uchun gaz quyish jarayoni raqamli hisob va avtomatlashtirilgan nazoratga tobora ko‘proq bog‘lanadi.
Haydovchi 1-sentabrdan nimalarga e’tibor berishi kerak?
- Gaz balloningiz texnik ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
- Gaz uskunasi avtomobilga qonuniy o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
- Ballonga me’yoridan ortiq bosimda gaz quyilmasligiga e’tibor bering.
- gaz ballonining navbatdagi texnik ko‘rik muddati o‘tmaganini tekshirish; • gaz uskunasi avtomobilga qonuniy va tegishli tartibda o‘rnatilganiga ishonch hosil qilish; • avtomobilning texnik hujjatlaridagi ma’lumotlarga e’tibor berish; • gaz quyish vaqtida me’yoridan ortiq bosimga yo‘l qo‘yilmasligini nazorat qilish; • gaz quyish jarayonida narx va hisob-kitobning shaffofligiga e’tibor berish.