|

,

AZART O`YINLAR SIRTMOG`I YOKI PULSIZLIKDAN QUTULISH UCHUN BOTQOQQA YANADA BOTISH…


Hozirgi kunda zamon shiddat bilan o`tib borayotgan bir vaqtda, hayotimizni texnika va texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin bo`lib qolmoqda. Bu ilm-fan yutuqlari insonlar uchun misli ko`rilmagan yutuqlar berib kelmoqda. Oddiy bir texnika yoki texnologiyalar orqali minglab insonlarning uzog`ini yaqin, og`irini yengillashtirib kelmoqda.

Insoniyat paydo bo`lgandan buyon moddiy manfaatlar, boylik doimo qiziqtirib kelgan. Hozirgi kunda boylik orttirish yoki zaruriyat tufayli pul topishning cheksiz usul va yo`llari mavjud. Kunning ham tun va kun qismi bo`lganidek, pul topishning ham xalol va xarom yo`llari mavjud. Shulardan biri bu – hozirgi kunda yoshlarni o`ziga ohangrabodek tortayotgan azart o`yinlarni eslab o`tish kifoya.

Aksariyat insonlar mehnatga kuch sarflashlarsiz o’tirib pul topish istagida yonadilar, azart o`yinlar bundaylar uchun yechimdir (faqatgina ularning fikri holos).

Azart o`yinlarda ishtirok etish – O`zbekiston Respublikasining Mamuriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlar” 191-moddasi bo`yicha tartibga solinadi va jazolanadi.

Sizda shunday taasurot tug`diradiki, bu o`yinlar sizga chiroyli kiyimlarda yurish, qimmatbaxo mashinalar, qora mehnatsiz hayot, hayotning  har dami faqat rohat-farog’atda o`tishini beradigandek tuyuladi. Pul ishlab topmasangiz, hayotingizda barcha narsalar muhayyo bo`lsa. Bunday hayot muhitiga halol mehnat bilan rizq topib ham erishsa bo’ladi.

Dinimizda bandalarning bir birlarining molida ham, jonida ham haqqi yo’q ekanligi ko’p takidlangan. O’zimizning holatimizdan ko’ra o’zga haqida ham, ozgina chuqurroq fikr yuritsak yaxshi menimcha.

Siz pul tikib yutgan chog’ingizda ham sizni yutug’ingizni o’sha kompaniya beradi deb o`ylaysizmi? Aslo, sizning yutug’ingiz kimlarningdir mag’lubiyati evaziga to`lanadi!

Demak o`zganing haqqini olyapsiz. Yutqazayotgan kishining holati tasavvur qilyapsizmi? Yo’q, siz hattoki uning faoliyati, oilasining ahvoli haqida ham bilmaysiz. Balki insonlar o’zi uchun kerakli va qadrli narsasini sotib pulini tikgandur, kimdur uchun bu chiqish yo`li deb o`ylab bor mol-u mulkini garovga qo`ygandur.

O`ylab, yaxshilab mulohaza qilib ko`ring. Siz ishlab topayotgan pullarning barchasini o’zingizni rizqingiz ekanligini ishonch bilan takidlay olasizmi? Balki farzandingiz, balki ota-onangiz yoki boshqa bir yaqiningiz rizqini ham sizning dastu-koringizga berayotgandur. Dunyoda inson uchun hamma narsadan ham qadrli narsalardan biri bu oiladir. Ayni Muborak Ramazon oyida o`z oilangiz rizqini qiymang.

Shunday ekan, bunday o`yinlarning sirtmog`iga tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Pul topishning juda ko`p turlari mavjud bo`lib, hozirgi kunda uyda o`tirgan holda internet orqali topish turi ham rivojlanmoqda. Buning uchun online xizmat ko`rsatadigan tashkilotlar, xizmatlar va hattoki bozorlar xam rivojlandi. Deyarli sanoatning ko`p tarmoqlari internet tarmog`iga bog`langan.

Shunday ekan, sizdan kompyuter texnologiyalarini chuqur o`rgangan holda, zamonaviy onlayn kasblarni o`rganib, bemalol pul topishingiz uchun sharoit mavjud.

Onlayn kasblar, texnologiyalarni o`rgatish bo`yicha yurtimizda minglab o`quv markazlari, kurslari mavjud. Erinchoqlar uchun hattoki onlayn kurslar ham mavjud.

Xalqimizda bir maqol bor: “Oshing halol bo`lsa, ko`chada ye!”

Bu kichik maqola tufayli kimdur – o`zining hatti-harakati haqida biroz fikr yuritsa va to`g`ri qarorga kelsa bu mening ham jamiyatimizga qo`shgan kichik bir hissam bo`ladi deb o`ylayman.